» » XTV: “Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi, o‘qituvchilar tomonidan emas”

XTV: “Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi, o‘qituvchilar tomonidan emas”


Ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya sharoitida maktab faoliyatini tashkillashtirish uchun o‘qituvchilardan talab etilayotgan turli sanitariya-gigiyena vositalari aks etgan ro‘yxatlar tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi maktablarga dezinfeksiya vositalari o‘qituvchilar tomonidan emas, mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib berilishini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida mazkur masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Unda maktablar uchun pirometr va dozatorlar xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazish bo‘yicha mutasaddi vazirliklarga topshiriqlar berildi. Maktablarni dezinfeksiya va antiseptik vositalari bilan ta’minlashga esa viloyat hokimliklari mas’ul etib belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, xalq ta’limi muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, xususan, tegishli hududda umumta’lim muassasalariga yordam ko‘rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

“Shu sababli maktablarda ta’lim jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan dezinfeksiya vositalarining birortasi ham o‘qituvchilar tomonidan xarid qilinmasligini, ota-onalar tomonidan esa faqatgina farzandining sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari uchun tibbiy niqob va shaxsiy antiseptiklar bilan ta’minlanishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi XTV xabarida.

Bildirilishicha, pandemiya sharoitida umumta’lim maktablarga pirometr, dezinfeksiya vositalari, dozatorlar hamda antiseptiklar markazlashgan holatda yetkazib beriladi.

Vazirlik maktablarda bu kabi holat kuzatilayotgan bo‘lsa, o‘qituvchilardan huquqni muhofaza qilish organlarga murojaat qilishlarini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili 14-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar maktabga borishi yoki onlayn o‘qishi mumkin. Davlat maktablarida yangi o‘quv yilida majburiy maktab formasi talab qilinmaydi. Shuningdek, darslar taklif etilganidek 30 daqiqa emas, balki an’anaviy 45 daqiqa o‘tiladigan bo‘ldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют