» » Qosim-Jomart To‘qayev hokimlikka saylovlar o‘tkazishni taklif qildi

Qosim-Jomart To‘qayev hokimlikka saylovlar o‘tkazishni taklif qildi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qishloqlarda hokimlik (akim) lavozimiga saylovlar o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Tengrinews. Bu haqda u 1-sentabr kuni mamlakat xalqiga murojaatida bildirgan.

Prezident o‘z murojaatida kelgusidagi barcha siyosiy islohotlar xalqning boshqaruvda faolroq ishtirok etishiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.

“So‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, jamiyat qishloq akimlarini saylash tarafdori. Bu e’tibor va izchillik bilan yondashish kerak bo‘lgan muhim qadam. Biz ushbu tizim qanday ishlashini aniq anglab olishimiz kerak. Biroq ushbu masalani hal qilishni keyinga qoldirmaslik lozim. Bir qator qishloq akimlarining vakolat muddati kelasi yil tugaydi. Qishloq hokimlari saylovlarini o‘tkazish lozim deb o‘ylayman”, — degan To‘qayev.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti pandemiyaga oid statistikani yashirmaslikka chaqirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 18:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют