» » Pentagon harbiy sohadagi uch yo‘nalishda Xitoyning ustunligini tan oldi

Pentagon harbiy sohadagi uch yo‘nalishda Xitoyning ustunligini tan oldi


Pentagon AQSh Kongressi uchun Xitoy Qurolli kuchlarining holati to‘g‘risidagi yillik hisobotini e’lon qildi. Unda yozilishicha, Xitoy xalq-ozodlik armiyasi kamida mudofaaning uchta sohasi bo‘yicha AQSh armiyasidan o‘tib ketgan.

Pekin kemasozlik borasida AQShdan o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Xitoy o‘z flotining soni bo‘yicha AQSh Harbiy-dengiz kuchlarini ortda qoldirgan. Ularning tarkibidan 350 ta kema va suv ostida kemalari, jumladan, 130 ta yirik suvusti kemalari o‘rin olgan. Qo‘shma Shtatlar flotida esa 293 ta jangovar kemalar mavjud.

Shuningdek, Pentagon Xitoyning qanotli va ballistik raketalar bo‘yicha ham ustunligini tan olgan. AQSh Mudofaa vazirligining baholashicha, Xitoy ishg‘ol etish uzoqligi 500 dan 5,5 ming kilometrgacha bo‘lgan 1250 ta yangi turdagi qanotli va ballistik raketaga ega. AQSh esa 70 dan 300 kilometrgacha mo‘ljallangan yerusti ballistik raketalarning faqat bir turiga egalik qiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, gap konvension qurollanish turlari haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, Xitoy Qo‘shma Shtatlarni Havo hujumidan mudofaa tizimi sohasida ham ortda qoldirgan. Hisobotga ko‘ra, Xitoy bu kabi natijaga Rossiya qurollanishining yetkazib berilishi hisobiga erishgan. “Xitoy dunyodagi eng yirik ‘yer—havo’ tizimlaridan biriga, jumladan, Rossiyada ishlab chiqarilgan C-400 va C-300 tizimlariga ega, shuningdek, o‘zida ham komplekslarni ishlab chiqaradi”, — deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, Pentagon tahlilchilarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy armiyasida oldingidek bir qator sohalarida muammolar mavjud. Shu sababli Xitoy qurolli kuchlarini rivojlantirish strategiyasi yana 20 yil uzluksiz islohotlarni amalga oshirishni nazarta tutadi.

Mavzuga doir: Pentagon “super-puper” raketa sinovi haqida ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют