» » Samsung bir marta quvvatlantirilganda 2 kun uzluksiz ishlaydigan smartfonni taqdim etdi

Samsung bir marta quvvatlantirilganda 2 kun uzluksiz ishlaydigan smartfonni taqdim etdi


Samsung kompaniyasi kuchli batareyaga ega Galaxy M51 modelini taqdim etdi. Bu haqda Janubiy Koreya brendining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Smartfonning o‘ziga xos jihati sig‘imi 7000 mA/soatga teng batareyaga ega ekanligida. Bu kabi akkumulyator qurilmaning ikki kun quvvatlantirishsiz ishlay olishini ta’minlashga qodir.

Gadjet Snapdragon 730 protsessori, 6 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega.

Samsung Galaxy M51 modeli organik yorug‘lik diodga ega faol matritsali 17 santimetrga teng FHD+ displeyi bilan jihozlangan.

Kameraning asosiy moduli 64 megapiksellni, qo‘shimcha ikkita obyektivi esa 12 va 5 megapiksellni tashkil etadi. Frontal kamerasi 32 megapiksellga teng.

Smartfon narxi 300 yevroni tashkil etmoqda, sotuvga 11-sentabrdan chiqadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют