» » Galaxy A12 — Samsung’ning 64 gigabayt flesh-xotiraga ega eng arzon smartfoniga aylanadi

Galaxy A12 — Samsung’ning 64 gigabayt flesh-xotiraga ega eng arzon smartfoniga aylanadi


Samsung Galaxy A11 smartfoni yarim yil oldin taqdim etilganiga qaramay, kompaniya hozirda uning o‘rnini bosuvchi model ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi IXBT.

Yangi model Galaxy A12 nomiga va Galaxy A11’dan ko‘ra ikki barobar kattaroq flesh-xotiraga ega bo‘ladi. Shu sababli Galaxy A12’ni Samsung’ning 64 gigabayt flesh-xotiraga ega arzon smartfoni deb atash mumkin.

Shu bilan birga, yangi smartfon boshqa yangiliklarga ham ega bo‘ladi. Masalan, tezkor xotira standart 3 gigabaytga aylanadi, akkumulyator sig‘imi esa 4000 mA/soatga yetadi. Smartfonning boshqa texnik tavsiflari esa hozirgi modelnikidan farq qilmaydi. Xususan, oldingidek 13, 5 va 2 megapikselli kamera datchiklari, diagonali 6,4 dyuymga teng Infinity-O ekrani saqlab qolinadi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda Galaxy A12 ustida ish olib borilmoqda, shu sababli u kamida ikki oydan so‘ng taqdim etiladi. Qurilma qora, oq, qizil va ko‘k ranglarda sotuvga chiqadi.

Avvalroq Samsung sig‘imi 6000 mA/soatga teng Galaxy M31 s modelini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-08-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют