» » O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirgan shaxslarni talabalikka qabul qilishning yangi shartlari belgilandi

O‘zbekistonga qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirgan shaxslarni talabalikka qabul qilishning yangi shartlari belgilandi


Fevral oyidagi qarorga ko‘ra qo‘shni davlatlardan O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirgan shaxslarni talabalikka qabul qilishning yangi shartlari belgilandi, deya xabar qilmoqda O‘zA.

Qayd etilishicha, Davlat qabul komissiyasining qaroriga binoan, 2019/2020-o‘quv yilida qo‘shni davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning talabalikka qabul qilish to‘g‘risidagi hujjatlarini rasmiylashtirish istisno tariqasida quyidagi tartibda amalga oshirilishi belgilandi:

Kelgusi o‘quv yillarida, shu jumladan 2020/2021-o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Ya’ni joriy yil fevral oyida bo‘lgani kabi istisno tariqasida barcha talabalarning o‘qishini imtihonsiz ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Ushbu yangi tartib faqat fevral oyidagi qarorga ko‘ra, istisno tariqasida o‘qishini ko‘chirganlarga taalluqli ekanligi, yaqinda transfer.edu.uz sayti orqali o‘qishini ko‘chirishga onlayn ariza topshirganlarga yuqoridagi qoidalarning aloqasi yo‘qligi ma’lum qilingan.

Avvalroq O‘zbekistondagi OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn testlar grafigi e’lon qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют