» » Qashqadaryoda yana bir shifokor vafot etdi

Qashqadaryoda yana bir shifokor vafot etdi


Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda xabar bergan “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, marhum Qarshi shahridagi xususiy klinikalarning birida faoliyat yuritgan.

“Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, bemor so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Marhum To‘raqul Xoliqov 1955-yil Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, xususiy klinikaga ishga o‘tishdan avval G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov ham koronavirusdan vafot etgani xabar berilgandi. Undan avval esa viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma huzuridagi COVID-19’ga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi shtab rahbari Sherali Nurmatov 61 yoshida vafot etgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 02:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют