» » Buxoroda balandligi 42 metr bo‘lgan bayroq o‘rnatildi

Buxoroda balandligi 42 metr bo‘lgan bayroq o‘rnatildi


O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Peshku tumanida ulkan bayroq o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi.

Qayd etilishicha, tuman markazidagi bayroq balandligi 42 metr, bo‘yi 10 metr, eni esa 5 metr hisoblanadi.

“Davlat bayrog‘ining o‘rnatilganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir katta tantanaga aylangan. Mustaqilligimizning ramzi bo‘lgan Davlat bayrog‘i bu yerga tashrif buyurgan har bir yurtdoshimiz qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi. Qolaversa, yosh o‘g‘il-qizlarimizning vatanparvar, o‘z yurtiga sodiq, komil inson bo‘lib voyaga yetishlariga ushbu salobatli bayroqning hissasi katta bo‘ladi”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 65 metr, Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 50 metr, Farg‘onada 67 metr, Andijonda 64 metr, Buxoroda 65 metr, Navoiyda 62,5 metr, Samarqandda 60 metr va Urgutda 62 metr balandlikda bayroq o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 03:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют