» » Andijonda o‘g‘irlab ketilgan Nexia katta ariqdan topildi (foto)

Andijonda o‘g‘irlab ketilgan Nexia katta ariqdan topildi (foto)


Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida 2020-yilning 1-sentabr kuni tungi soat 01:00 da noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan Nexia avtomobili katta ariq ichidan topildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Xabarga ko‘ra Bo‘ston tumani “Guzar” MFY Alisher Navoiy ko‘chasida yashovchi 46 yoshli D.X.ga tegishli Nexia uning yashash xonadoni darvozasi yonida turganida noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

1-sentabrda soat 10:00 da olib qochilgan transport vositasi YTH sodir qilgan holatda Bo‘ston tumani “Navro‘z” MFY Nurafshon ko‘chasi o‘ramidan oqib o‘tgan Navro‘z arig‘idan topilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni 24 yoshli O.X. sodir etgani aniqlangan. U jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Avval Farg‘ona viloyatida mast holdagi 17 yoshli bola avtomashina olib qochib, YTHga uchragani, Andijonda “moyka” ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urgani, Toshkent viloyatida o‘g‘irlangan “Jiguli” yarim yo‘lda buzilib qolgach, oynalari sindirib ketilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют