» » Qozogistonda Ozbekiston fuqarosini ogirlab ketib, undan 500 ming tenge talab qilganlar qolga olindi

Qozogistonda Ozbekiston fuqarosini ogirlab ketib, undan 500 ming tenge talab qilganlar qolga olindi


Qozogistonning Atirau viloyatida ikki nafar nomalum shaxs Ozbekiston fuqarosini ogirlab ketib, unga nisbatan zoravonlik qilgani malum boldi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.

Qayd etilishicha, garovdagi odam malum vaqt otgach, 500 ming tenge (qariyb 1200 AQSh dollari) miqdorida pul olib kelish sharti bilan qoyib yuborilgan.

Jabrlanuvchi zudlik bilan viloyatdagi huquq-tartibot idoralarining navbatchi qismiga ariza bilan murojaat qilgan. Gumonlanuvchilar politsiya va milliy xavfsizlik departamenti xodimlarining qoshma tezkor tadbiri davomida ushlangan.

Ikkala gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan: ulardan biri 1983-yilda Atirauda tugilgan, uning sherigi esa 1979-yilda Jilioy tumanida tugilgan va shu yerda yashab kelayotgan fuqarolar bolgan.

Ayblanuvchilardan biri muqaddam sudlangan fuqaro bolib chiqdi va u hozirda tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Boshqa bir gumondorga nisbatan uy qamogi tarzidagi ehtiyot chorasi qollanilgan.

Departament axborot xizmatining malum qilishicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan sudga qadar tergov jarayoni davom etmoqda. Gumonlanuvchilarning diniy oqimga aloqadorligi yuzasidan ham malumotlar organilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 09:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -