» » Facebook avstraliyaliklarga yangiliklar bilan bo‘lishishni taqiqlab qo‘yishi mumkin

Facebook avstraliyaliklarga yangiliklar bilan bo‘lishishni taqiqlab qo‘yishi mumkin


Avstraliya hukumati Facebook’ga kontent uchun OAVlarga pul to‘lash majburiyatini yuklovchi qonunni qabul qilsa, Facebook va Instagram’ning avstraliyalik foydalanuvchilari mahalliy hamda xalqaro yangiliklar bilan bo‘lishish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq blogida ma’lum qilindi.

Mazkur qonun loyihasi iyul oyida taklif etilgan. Unga ko‘ra, Facebook va Google Avstraliya OAVlariga ularning kontentidan foydalangani uchun pul to‘lashi, shuningdek, foydalanuvchilar faolligi va o‘z algoritmlari ishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak. Qonun loyihasi Avstraliya mediasini himoya qilishga yo‘naltirilgan.

“Bizda yangiliklardan to‘liq voz kechish yoki OAVga kontenti uchun bizdan o‘zlari xohlagancha, biror cheklov narxlarisiz pul undirish tizimini qabul qilish yo‘li qolmoqda. Afsuski, biror biznes bunday ishlay olmaydi”, — deydi Facebook’ning Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi ijrochi direktori Uill Iston.

Avvalroq mazkur qonun loyihasidan Google ham norozi bo‘lgandi. Korporatsiyaning ma’lum qilishicha, hujjat Avstraliya OAVlariga qidiruv tizimi natijalarini boshqarish imkonini berib qo‘yadi.

Kanberra universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Avstraliyaning kamida 39 foiz aholisi yangiliklarni Facebook orqali o‘qiydi. Mamlakat OAVlari reklama daromadlarining yo‘qolishi sabab qiyinchiliklarda duch kelgan. Ularning ahvoli pandemiya sabab yomonlashgan.

Mavzuga doir: Google va Facebook AQShdan Gonkonggacha bo‘lgan dengiz osti kabellarini yotqizish rejasidan voz kechdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 09:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют