» » Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklaydi

Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklaydi


Uzbekistan Airways AJ xalqaro yonalishlar boyicha muntazam parvozlarni qayta tiklashi haqidaxabar berdi.

Yaqin kunlarda quyidagi yonalishlar boyicha parvozlar amalga oshiriladi:

Yuqoridagi shaharlardan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining reyslari orqali Ozbekistonga uchishni rejalashtirayotgan yolovchilar parvozdan oldin 72 soat oldin amal qiladigan, PZR metodi orqali olingan COVID-19 testlarini taqdim etishlari kerak. Testda COVID-19 aniqlangan taqdirda, yolovchilarning parvozga qoyilmaydi, deyiladi xabarda.

Germaniya, Qozogiston, Qirgiziston, BAA, Turkiyadan muntazam reyslar orqali kelgan yolovchilar salbiy COVID-19 test natijalariga ega bolsa, termometriyadan otishi va anketani toldirishi, 14 kunlik ozini izolyatsiya qilish majburiyati qoyiladi: Ozbekiston fuqarolari uchun doimiy joyda yashash joyi, chet el fuqarolari uchun Ozbekistonda vaqtincha royxatdan otish joyida.

Kelgandan keyin isitmasi yoki boshqa alomatlari bolgan fuqarolar Toshkent aeroportida korikdan otkaziladi. PZR testi ijobiy ekanligi aniqlangan yolovchilar davolanish uchun kasalxonaga yotqiziladi.

Aviakompaniya yolovchilardan boriladigan mamlakatdagi sanitariya talablarini mustaqil ravishda aniqlashtirishlarini, organishlarini va aviachipta sotib olishdan oldin yuqoridagi mamlakatlarga kirish uchun asoslar borligiga ishonch hosil qilishlarini soradi.

Amalga oshirilishi rejalashtirilgan reyslar uchun aviachiptalarni aviakompaniya saytidan yoki mobil ilovasi orqali, shuningdek, Uzbekistan Airwaysning yaqin savdo ofislaridan yoki Ozbekistondagi va xorijdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.

Mavzuga doir:Yaponiyadagi ozbekistonliklar charter reys bilan vatanga qaytariladi

Eslatib otamiz, Uzbekistan Airways 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yonalishlar boyicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiybekor qilingan edi. Kompaniya sentabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkinligi haqida malum qilgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 12:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -