» » O‘zbekiston sentabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkin

O‘zbekiston sentabrdan boshlab 4 davlat bilan muntazam aviaqatnovlarni tiklashi mumkin


O‘zbekiston Turkiya, BAA, Belarus va Qozog‘iston bilan sentabr oyidan boshlab, bosqichma-bosqich ravishda muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunda epidemiologik vaziyat notinch bo‘lgan mamlakatlardan (“qizil”) havo kemasi bortiga qabul qilinayotgan yo‘lovchilardan COVID-19 kasalligiga parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda faqat PZR (polimer zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatgichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talab etiladi.

Ma’lumotnoma ingliz yoki rus tillarida bo‘lishi lozim.

“Sariq” hududdan keluvchi yo‘lovchilar Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga COVID-19 kasalligiga PZR tekshiruvi yoki ekspress testi ma’lumotnomasini taqdim etishi kerak.

Avvalroq 31-avgustdan 30-sentabrgacha bo‘lgan bir oy mobaynida amalga oshiriladigan temiryo‘l va charter reyslarining ro‘yxati tasdiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, hech qanday parvoz amalga oshirilmayotganiga izoh berildi

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways 16-avgustdan 31-avgustgacha xalqaro qatnovlarning va mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarning bir qismi majburiy bekor qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют