» » Misrda mamlakatga kelayotganlar uchun koronavirusga PZR test topshirish majburiy qilib qo‘yilmoqda

Misrda mamlakatga kelayotganlar uchun koronavirusga PZR test topshirish majburiy qilib qo‘yilmoqda


Xorij fuqarolari Misr hududiga kirishi uchun 2020-yil 1-sentabrdan boshlab koronavirusni aniqlash uchun PZR-testning “manfiy” natijasi haqidagi ma’lumotni taqdim etishi yoki mamlakatda uni topshirishi majburiy deb belgilab qo‘yilmoqda. Bu haqda Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli ma’lum qilgan, deya xabar berdi Ahram Online.

Sayyohlarning mazkur testni topshirgani haqida ma’lumotnoma topshirishi lozimligi to‘g‘risidagi qaror ayrim xorij davlatlarida kasallanish holatlari yana ko‘paya boshlagani tufayli qabul qilingan.

“Biz mamlakat hududiga kirib kelgan har bir insonning sog‘lig‘i uchun, qolaversa misrliklar salomatligi uchun javobgarmiz. Shu sababli Misrga kelgan har qanday davlat fuqarosi koronavirusni aniqlash bo‘yicha testni topshirishi zarur”, – degan hukumat rahbari.

Bu boradagi yangi qaror hukumatning Misr hududida shahardan shaharga o‘tishda, jumladan poytaxt Qohiraga kelishda mahalliy aholi vakillaridan PZR-testning “manfiy” chiqqani haqidagi ma’lumotnoma taqdim qilinganidan keyingina harakatlanishga ruxsat berilishi haqidagi chorasidan keyin qabul qilingan.

Misrda 1-iyuldan boshlab xalqaro aviaqatnovlarga ruxsat berilgan, mart oyida havo orqali qilinadigan yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha reyslar to‘liq bekor qilingan edi.

Hozirda xorijlik sayyohlarning Misrdagi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichi ancha past bo‘lgan hududlar Janubiy Sinay, Qizil dengiz va Matruxga kirishiga ruxsat etilgan.

Eslatib o‘tamiz, MDH davlatlari ham Misr bilan aviaqatnovlarni qayta tiklagan, xususan Qozog‘iston 17-avgustdan boshlab BAA, Belarus, Germaniya, Niderlandiya, Misr, Ukraina va Rossiya bilan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют