» » Mahrezning Misrga kirishi taqiqlanishi mumkin

Mahrezning Misrga kirishi taqiqlanishi mumkin


Jazoir terma jamoasi hamda “Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyad Mahrezning Misr hududiga kirishi taqiqlanishi mumkin.

Jazoirlikning Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli va mamlakat sport vaziri Ashraf Sobhi bilan qo‘l berib ko‘rishmaganligi bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Afrika Millatlar Kubogi—2019 musobaqasining yopilish marosimida Mahrez FIFA prezidenti Janni Infantino bilan qo‘l berib ko‘rishdi, biroq Misr vakillari yonidan shunday o‘tib ketdi. Bu esa mamlakat rahbarlari uchun haqoratday tuyuldi.

Eslatib o‘tamiz, Jazoir mazkur musobaqa finalida Senegalni mag‘lub etib (1:0), o‘z tarixida ikkinchi bor Afrika Millatlar Kubogini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют