» » Rossiya 1-sentabrdan qaysi davlatlar bilan aviaqatnovlarni tiklashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Ular qatorida hozircha O‘zbekiston yo‘q

Rossiya 1-sentabrdan qaysi davlatlar bilan aviaqatnovlarni tiklashi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Ular qatorida hozircha O‘zbekiston yo‘q


Rossiya sentabr oyidan yaqin xorij mamlakatlari bilan yo‘lovchi tashish bo‘yicha aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasining nashri “Vestnik ATOR” ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Nashr manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab aviakompaniyalar ko‘plab MDH mamlakatlari, jumladan, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston bilan doimiy qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi. Mazkur ro‘yxatdan hozircha O‘zbekiston o‘rin olmagan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunday qaror uchun bir nechta asos mavjud. Birinchidan, Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgan. Bundan tashqari, sentabrda Rossiyada COVID-19’ga qarshi vaksinani sanoat miqyosida ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, yaqin hamdo‘stlik mamlakatlarida ham epidemiologik vaziyat yaxshilangan. Shu bilan birga, ular Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinani xarid qilishni ko‘zlamoqda, bu esa Rossiya bilan gumanitar va ishbilarmonlik aloqalarini tiklashga yordam beradi.

Shu bilan bir vaqtda Rossiya—Belarus chegaralari turistlar uchun qachon ochilishi hozircha noma’lum. Ta’kidlanishicha, “Belavia” aviakompaniyasi Rossiyaga 21-avgustgacha reyslarni amalga oshirmaydi.

Bugungi kunda Rossiya Turkiya, Buyuk Britaniya, Tanzaniya va Shveysariya bilan o‘z chegaralarini ochgan. Yana bir nechta mamlakat rossiyalik turistlarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Ular Xorvatiya, Chernogoriya, Misr, BAA, Kuba, Dominikan, Meksika, Keniya va Maldiv orollari hisoblanadi.

Avvalroq Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi avgust oyida xorijiy davlatlarga rejalashtirilgan reyslarni bekor qilgandi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют