» » Hyundai seriyali elektrokari tashqi oynalar o‘rniga kameraga ega bo‘ladi

Hyundai seriyali elektrokari tashqi oynalar o‘rniga kameraga ega bo‘ladi


Internetda Hyundai Ioniq 5 seriyali elektrokrossoveri prototipining yangi suratlari paydo bo‘ldi. The Korean Car Blog tomonidan e’lon qilingan suratlarda yangi model tashqi oynalar o‘rniga kameralarga ega bo‘lishi tasvirlangan. Hozirda bu kabi texnologiyadan Audi e-tron’da foydalanilmoqda, deb xabar beradi Motor.

Avvalroq Hyundai Motor konserni elektromobillari o‘zining shaxsiy brendi — Ioniq nomi ostida sotilishi va 5 indeksli model lineykadagi ilk mashinaga aylanishi ma’lum bo‘lgandi. Yangi model kupesimon krossover bo‘lib, sig‘imi va an’anaviy yon oynalari bilan muqobil sinfdagi avtomobillarni ortda qoldiradi.

O‘lchami jihatidan Ioniq 5 Hyundai Santa Fe’dan katta: elektromobil uzunligi 4635 millimetrni, eni 1890 millimetrni, balandligi esa 1605 millimetrni tashkil etadi, g‘ildiraklar bazasi 3000 millimetr bo‘lib, hatto yirik Palisade krossoverinikidan ham katta.

Model uchun ikkita modifikatsiya tasdiqlangan: birinchisi 58 kilovatt/soat batareyaga, ikkinchisi esa 73 kilovatt/soat batareyaga ega bo‘ladi. Shunday qilib, Ioniq 5 uzoq masofaga harakatlanish bo‘yicha Hyundai Kona EV’ni ortda qoldiradi (400 kilometrga yaqin). Akkumulyatorning 80 foizini 15 daqiqada quvvatlantirish mumkin.

Ioniq 5’ni Yevropaga yetkazib berish 2021-yilning yanvaridan boshlanadi, mahalliy bozorlarda martdan sotuvga chiqadi, yozga borib esa uni AQShda ham xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi County Electric nomli ilk elektro miniavtobusni taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Hyundai Palisade egalari ommaviy ravishda salondagi eski paypoq hididan shikoyat qilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют