» » Ukraina Navalniy zaharlangani sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar talab qilmoqda

Ukraina Navalniy zaharlangani sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar talab qilmoqda


Ukraina Tashqi ishlar vazirligi siyosatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishini Kremlning muxolif siyosatchini gayriinsoniy jazolashi deb atadi va voqeaga tegishli ravishda chora korishga chaqirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Sivilizatsiyali dunyoning faqat bir dadil pozitsiyasi va qatiy qoralashi, shu jumladan sanksiyalar Rossiya hukumatini jinoyatlar sodir etishni toxtatishga majbur qilishi mumkin..., deyiladiUkraina TIV bayonotida.

2-sentabr kuni Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada Novichokga oxshash modda bilan zaharlanganini malum qilgan. Siyosatchi davolanayotgan Sharite klinikasi shifokorlarining soroviga binoan otkazilgan testlar natijalaridan shunday xulosaga kelingan.

Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bogliq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham gazablantirdi.London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qollanilishini ablahona ish deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qollashga vada berdi. Fransiya Navalniyning zaharlanishini ajablanarli va masuliyatsizlik deb atagan.

Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyaen va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi yetakchisi Jozep Borrel aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirgan. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg esa javob reaksiyasi borasida alyans azolari bilan muhokama boshlanganini bildirgan.

Rossiya TIV esa Germaniya hukumatining davolari dalillar bilan tasdiqlanmaganligini aytdi va Navalniy bilan sodir bolgan voqealar togrisida malumot berishni istamaganligi uchun Berlinni tanqid qildi.

Eslatib otamiz,Aleksey Navalniy20-avgustdanbuyon koma holatida.Uning ahvoli TomskMoskva yonalishi boyicha uchayotgan reys vaqtidaogirlashib qolgan, samolyot favqulodda Omskka qongandi.Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada otkazdi, shundan song u Berlingaolib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelmoqda. Ularning gumon qilishicha, rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bolishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgan va ketishigaruxsat bermaganbolishi mumkin.

Sharite klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun otib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bolgan modda bilan zaharlanganinimalum qilgan.

Mavzuga doir:Novichok bu Putin. Leonid Volkov Aleksay Navalniyning zaharlanishi haqida



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 15:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -