» » Germaniya hukumati Navalniy Novichokka oxshash modda bilan zaharlanganini malum qildi

Germaniya hukumati Navalniy Novichokka oxshash modda bilan zaharlanganini malum qildi


Siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiyada asab tizimini falaj qiluvchi, tarkibi jihatdan Novichok moddasiga oxshash jangovar modda bilan zaharlangan. Bu haqda Germaniya hukumati malum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Qayd etilishicha, siyosatchi davolanayotgan Sharite klinikasi shifokorlarining soroviga binoan otkazilgan testlar natijalari Navalniyning organizmida zahar izlarining mavjudligini korsatgan.

Aleksey Navalniy Rossiyada kimyoviy zaharlovchi modda qollagan holda amalga oshirilgan hujum qurboni boldi, deyiladi Germaniya hukumati bayonotida.

Malum qilinishicha, Germaniya hukumati tahlil natijalari haqida Yevropa Ittifoqi va NATOdagi hamkorlariga, shuningdek, Kimyoviy qurolni taqiqlash boyicha tashkilotga xabar beradi.

Rossiyaning Germaniyadagi elchisi ham tahlil natijalari haqida rasman xabardor qilinadi. Biz Rossiya hukumatini bu hodisa boyicha tushuntirish berishga chaqiramiz, deyiladi bayonotda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining malum qilishicha, Navalniyning zaharlangani munosabati bilan Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan bir necha kun oldin Germaniyaga jonatilgan sorovga javob kutmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning malum qilishicha, hozircha Kremlga Germaniya hukumatidan hech qanday malumot kelib tushmagan.

Aleksey Navalniy 20-avgustdan buyon koma holatida. Komadagi dastlabki ikki kunni siyosatchi Rossiyaning Omsk shahridagi klinikada otkazdi, shundan song u Berlinga olib ketildi. Siyosatchining safdoshlari hodisaning boshidan buyon uning zaharlanganini aytib kelmoqda. Ularning gumon qilishicha, rossiyalik shifokorlar siyosatchining organizmida zahar izini topish qiyin bolishi uchun uni ataylab klinikada ushlab turgan va ketishiga ruxsat bermagan bolishi mumkin.

Sharite klinikasi shifokorlari Navalniy yetib kelganidan keyin ikki kun otib uning xolinesteraza ingibitorlari guruhidan bolgan modda bilan zaharlanganini malum qilgan.

Rossiyalik shifokorlarning malum qilishicha, Navalniyning Rossiyada olingan tahlillari uning organizmida qandaydir zahar borligini aniqlamagan. Rossiya Bosh prokuraturasi tekshiruv otkazgan. Uning natijasiga kora, hodisa munosabati bilan jinoiy ish ochishga asos mavjud emas deb topilgan.

Mavzuga doir:Vladimir Putin Navalniyning zaharlanishi bilan bogliq vaziyat xolis taftish qilinishi tarafdori ekanini bildirdi



Manba: Daryo.uz
: admin (2-09-2020, 23:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 3) ( 3)
:
-
:
20 ... -