» » “Sharite” klinikasi Navalniyning ahvoli biroz yaxshilanganini ma’lum qildi

“Sharite” klinikasi Navalniyning ahvoli biroz yaxshilanganini ma’lum qildi


Siyosatchi Aleksey Navalniyning ahvoli barqarorligicha qolmoqda, biroq xolinesteraza ingibitorlari ta’siridan kelib chiqqan simptomlarda biroz yaxshilanish boshlanadi. Bu haqda Berlindagi “Sharite” klinikasi ma’lum qildi.

U intensiv terapiya bo‘limida qolmoqda. Navalniy o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan va sun’iy koma holatida. Uning ahvoli oldingidek og‘ir deya baholanmoda, biroq siyosatchining hayotiga bevosita xavf tug‘diradigan hech narsa yo‘q.

“Ammo bemorning zaharlanish darajasi og‘irligi hisobga olinadigan bo‘lsa, sodir bo‘lgan hodisa unga uzoq muddatli oqibatlarni prognoz qilishga hali erta”, — deydi mutaxassislar.

Davolovchi shifokorlar bemorning turmush o‘rtog‘i Yuliya Navalnaya bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi.

Aleksey Navalniy 20-avgust kuni Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda ahvoli yomonlashganidan buyon komada. Uning yaqinlari siyosatchi zaharlangan, deb taxmin qilmoqda.

Navalniy qariyb ikki sutka davomida Omksdagi klinikada yotdi, shundan so‘ng u Berlinga olib ketildi. Omskdagi klinika shifokorlari ikki sutka davomida uni olib ketishga ruxsat berishdan bosh tortdi va buni bemorning ahvoli barqaror emasligi bilan tushuntirdi.

Germaniya hukumati rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy katta ehtimol bilan zaharlangan, deb hisoblamoqda. Bu haqda mamlakat hukumatining rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.

25-avgust kuni “Sharite” Navalniy bo‘yicha o‘tkazilishi kerak bo‘lgan brifingni bekor qilgan.

Spiegel va Bellingcat nashrlari klinika “Novichok” bilan zaharlangani taxmin qilingan biznesmen Yemelyan Gebrevni davolagan bolgar shifokorlari bilan bog‘langanini ma’lum qildi. Klinikaning o‘zi esa mish-mishlarga izoh bermasligini bildirgan.

28-avgust kuni esa Spiegel va Bellingcat o‘z manbalariga tayanib “Sharite” bundesver va Porton-Daundagi kimyoviy va biologik qurollar bo‘yicha Britaniya laboratoriyasidan yordam so‘raganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют