» » Millatlar Ligasi: reglament, qatnashchilar va taqvim. Musobaqa haqida nimalarni bilish kerak?

Millatlar Ligasi: reglament, qatnashchilar va taqvim. Musobaqa haqida nimalarni bilish kerak?


3-sentabr, payshanba kuni Millatlar Ligasi 2020/21-yilgi mavsumi guruh bosqichiga start beriladi. Quyida ushbu turnir, uning formati va qaysi jamoalar ishtirok etishi haqida batafsil fikr yuritiladi.

Xo‘sh, Millatlar Ligasi o‘zi qanday musobaqa?

Millatlar Ligasi terma jamoalar taqvimidagi o‘rtoqlik uchrashuvlarini Jahon va Yevropa chempionatlariga chiqish imkoniyatiga ega raqobatdosh o‘yinlar bilan almashtirishga mo‘ljallangan musobaqa bo‘lib, unda faqat UEFAga a’zo davlatlar qatnashishi mumkin. 2019-yilgi (ilk marta o‘tkazilgan) musobaqada Portugaliya termasi bosh sovringa ega chiqqandi. 2020/21-yilgi mavsum esa oldingisidan ham qiziqarli va murosasiz tus olishi kutilmoqda. Shuningdek, bu yilgi formatga bir qancha o‘zgartirishlar ham kiritilgan.

Musobaqa bahslari qachon bo‘lib o‘tadi?

Musobaqa qur’asi 2020-yilning 3-martida Amsterdamda (Niderlandiya) bo‘lib o‘tgandi. Guruh bosqichining dastlabki olti turi 2020-yilning sentabr, oktabr va noyabr oylarida o‘tkazilsa, yakuniy bosqich 2021-yil iyun oyiga rejalashtirilgan. Pley-off o‘yinlari esa 2022-yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi (tafsilotlar quyida).

Qaysi jamoalar (qanday tartibda) o‘ynaydi?

UEFA reytingiga muvofiq 55 ta terma jamoa ligalarga bo‘lib chiqilgan, jumladan, 1—16-o‘rinlar A ligadan, 17—32-pog‘onadagilar esa B ligadan, 33—48-o‘rindagi jamoalar C ligadan va 49—55-o‘rindagilar D ligadan joy olgan.

A ligasi:

B ligasi:

C ligasi:

D ligasi:

Musobaqa formati qanday?

Jamoalar uy-safar tizimida o‘zaro kuch sinashadi. A ligasining to‘rtta guruh g‘oliblari Millatlar Ligasining yarim final, uchinchi o‘rin uchun o‘yin va final uchrashuvlaridan iborat yakuniy bosqichga yo‘l oladi (ushbu o‘yinlar 2021-yil iyun oyiga belgilangan). B, C va D ligalarida yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar yuqori ligaga ko‘tarilsa, A va B ligalarida so‘nggi o‘rinlarni egallagan jamoalar pastki ligaga tushib ketadi.

C ligada to‘rtta, D ligada esa ikkita guruh bo‘lganligi uchun, ikkita jamoa C ligani tark etadi (ular 2022-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan pley-off bosqichida aniqlanadi). Agar C ligasi guruhida so‘nggi o‘rinni egallagan jamoa 2022-yilgi Jahon chempionatining saralash o‘yinlarida ishtirok etishi kerak bo‘lsa (tafsilotlar quyida), u holda Millatlar Ligasi reytingining 47 va 48-jamoalari avtomatik ravishda C ligasidan chiqib ketadi.

Millatlar Ligasi Jahon Chempionati bilan qanday bog‘langan?

Umuman olganda saralash formati o‘zgarmaydi. Yevropadagi o‘nta guruh g‘oliblari to‘g‘ridan to‘g‘ri Qatarga yo‘l oladi. Yana uchta jamoa esa o‘tish o‘yinlari orqali JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi, bunda saralashda ikkinchi o‘rinlarni egallagan barcha jamoalar bir-biriga qarshi o‘ynaydi. Shuningdek, guruh g‘oliblari orasidan JChga yo‘llanma olmagan va o‘tish o‘yinlarida qatnashmagan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ikki jamoa ham yo‘llanma uchun kurashga kirishadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari qachon o‘tkaziladi?

Millatlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsumi guruh bosqichi o‘yinlari 3-4-5 va 6-7-8-sentabr, 10-11 va 13—14-oktabr hamda 14—15, 17—18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Koronavirus musobaqaga qanday ta’sir o‘tkazadi?

Uchrashuv oldidan uning barcha ishtirokchilari COVID-19’ga test topshirishga majbur. UEFAga a’zo assotsiatsiyalar aksariyati mahalliy hukumatdan futbolchilarga milliy terma jamoalar o‘yinlari uchun ruxsat olgan; futbolchilar terma jamoalar o‘yinidan so‘ng klub ixtiyoriga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Qaysdir terma jamoada virus holati aniqlangan taqdirda ham, agar jamoada 13 nafar futbolchi sog‘ bo‘lsa, o‘yin o‘tkazilaveradi. Ushbu holatda o‘yinchilardan biri darvozabon bo‘lishi shart. Agar milliy assotsiatsiyalar ushbu shartlarni bajara olmasa, o‘yin boshqa sanaga qoldiriladi. Agar xalqaro taqvimda bo‘sh sanalar bo‘lmasa, unda UEFA o‘z tekshiruv ishlarini o‘tkazadi. Mabodo tashkilot ikkala tomonning ham aybini yoki COVID-19 yuqtirilishida hech qaysi tarafning aybi yo‘q deb topsa, u holda o‘yin o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Bunday vaziyatda UEFA rasmiylari tomonidan g‘olibni aniqlash uchun qur’a tashlanadi. Yakuniy natijaga esa 1:0, 0:0 va 0:1 hisoblaridan biri yoziladi (qur’a natijasiga qarab).

21:00 Latviya — Andorra

23:45 Germaniya — Ispaniya

23:45 Ukraina — Shveysariya

23:45 Rossiya — Serbiya

23:45 Turkiya — Vengriya

23:45 Bolgariya — Irlandiya

23:45 Finlyandiya — Uels

23:45 Moldova — Kosovo

23:45 Sloveniya — Gretsiya

23:45 Farer orollari — Malta

21:00 Litva — Qozog‘iston

23:45 Niderlandiya — Polsha

23:45. Italiya — Bosniya va Gersegovina

23:45 Norvegiya — Avstriya

23:45 Ruminiya — Shimoliy Irlandiya

23:45 Shotlandiya — Isroil

23:45 Slovakiya — Chexiya

23:45 Belarus — Albaniya.

18:00 Gibraltar — San-Marino

18:00 Shimoliy Makedoniya — Armaniston

21:00 Ozarbayjon — Lyuksemburg

21:00 Kipr — Chernogoriya

21:00 Islandiya — Angliya

21:00 Estoniya — Gruziya

23:45 Daniya — Belgiya

23:45 Shvetsiya — Fransiya

23:45 Portugaliya — Xorvatiya.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют