» » Ikki ot jilovini tutganlar. Parallel 2 ta lavozimda ishlash Ozbekiston terma jamoasi murabbiylari uchun foydali bolganmi?

Ikki ot jilovini tutganlar. Parallel 2 ta lavozimda ishlash Ozbekiston terma jamoasi murabbiylari uchun foydali bolganmi?


Ozbekiston terma jamoasida shu vaqtga qadar koplab murabbiylar faoliyat yuritgan. Biroq ularning aksariyati mamlakatning bosh jamoasiga ustozlik qilish barobarida parallel ravishda boshqa jamoa yoki klublarda faoliyat yuritgan.

Jahon tajribasiga qaraydigan bolsak, oz vaqtida Valeriy Lobanovskiy SSSR termasi va Kiyevning Dinamosini bir vaqtda boshqargan. Otgan asrning 80-yillarida esa Fransisko Maturana Kolumbiya terma jamoasi va Nasional klubini boshqargan. Bu tayinlovlar asosan terma jamoani bir klub bazasi asosida qurishga qaratilgandi.

Yuqoridagi holatga qarama-qarshi misol tariqasida Gus Hiddinkning Chelsi klubi va Rossiya terma jamoasida parallel ish olib borganini aytish mumkin. Undan avval niderlandiyalik mutaxassis PSV da ishlab turib, dunyoning ikkinchi yarmidagi Avstraliya terma jamoasini boshqargandi.

Daryo quyida bir vaqtning ozida ikkita otning jilovini tutgan Ozbekiston terma jamoasi bosh murabbiylari va ular qayd etgan natijalarni taqdim etadi:

Rustam Mirsodiqov (1997-yil) MXSK bilan Ozbekiston chempionatida golib chiqqan Mirsodiqov osha yili terma jamoa bosh murabbiyiga aylanadi va klubdagi faoliyatini ham davom ettiradi. Mutaxassis JCh1998 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz natija uchun istefoga chiqariladi.

Mirsodiqovning Ozbekiston terma jamoasidagi statistikasi: 12 oyin, 5 galaba, 3 durang, 4 maglubiyat.

Ubirajara Veyga da Silva (19971998-yillar) braziliyalik mutaxassis 1997-yilda Paxtakorga yordamchi murabbiy sifatida tayinlanadi. Osha yilning oktabr oyida Ozbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy boladi. Jamoa uning qol ostida JCh1998 saralash bosqichidagi songgi ikkita oyinda qatnashadi (Qozogiston 4:0 va BAA 0:0). 1998-yilning yanvarida Veyga Paxtakor bosh murabbiyiga aylanadi va shu bilan birga terma jamoadagi ishini ham davom ettiradi. Uning jamoasi Tailandagi Osiyo oyinlariga amaldagi chempion maqomida boradi chorak finalda maglubiyatga uchraydi. Shundan keyin braziliyalik mutaxassis istefoga chiqariladi.

Veyganing statistikasi: 12 oyin, 8 galaba, 2 durang, 2 maglubiyat.

Mahmud Rahimov (1999-yil) 1999-yil Samarqandning Dinamosiga bosh murabbiy bolgan Rahimov osha yili Ozbekiston terma jamoasini ham qabul qilib oladi. Uning qol ostidagi terma jamoa Osiyo Kubogi2000 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etadi va nomdor BAAni ortda qoldirib, guruhda birinchi orinni qolga kiritadi. Biroq Rahimov 1999-yil dekabr oyida Samarqand yaqinida avtohalokatga uchrab olamdan koz yumadi.

Mahmud Rahimov statistikasi: 6 oyin, 6 galaba.

Yuriy Sarkisyan (2000-yil) Rahimovning fojiali olimidan keyin terma jamoa boshqaruviga Neftchining afsonaviy murabbiyi tayinlanadi (unga qadar orada Viktor Borisov va Pavel Sadirin bir martadan terma jamoa oyinlarida ustozlik qiladi). Biroq Sarkisyan qol ostidagi terma jamoa Osiyo Kubogi2000 da ota muvaffaqiyatsiz qatnashadi. Buning isboti sifatida terma jamoa tarixidagi eng yirik maglubiyatni yodga olish kifoya Yaponiyadan 1:8.

Sarkisyanning terma jamoadagi statistikasi: 5 oyin, 1 galaba, 1 durang, 3 maglubiyat.

Valeriy Nepomnyashchiy (2006-yil) Bob Haftonning kutilmagan istefosidan keyin rossiyalik mutaxassis Ozbekiston terma jamoasi boshqaruviga tayinlanadi. Nepomnyashiy osha vaqtda Ozbekiston futbol federatsiyasi bilan 2+2 korinishidagi shartnoma imzolaydi. Shu bilan birga mutaxassis Paxtakor bilan ham xuddi shu korinishda bitim tuzadi.

Nepomnyashiy Ozbekiston terma jamoasi bilan Osiyo Kubogi2007 saralash bosqichida ishtirok etadi va guruhda ikkinchi orinni olib, musobaqaga yol oladi. Mutaxassis sherlar bilan Chempionlar Ligasida guruhda qolib ketadi va avgust oyida u yerni tark etadi. Shuningdek, u sogligidagi muammolar sabab OFFdan ham istefo soraydi, biroq Nepomnyashiy saralash bosqichini oxirigacha yakunlab, noyabr oyida ishdan ketadi.

Nepomnyashiyning statistikasi: 6 oyin, 3 galaba, 2 durang, 1 maglubiyat.

Vadim Abramov (20102012-yillar) 2010-yilda terma jamoa boshqaruviga kutilmaganda hali hech qanaqa jiddiy yutuqlarga erishmagan Abramov tayinlanadi. U osha vaqtda bor etiborini terma jamoaga qaratish uchun Lokomotivdagi ishini tashlaydi. Mutaxassis terma jamoa bilan Osiyo Kubogi2011 musobaqasida yarim finalga qadar yetib boradi va final ostonasida Avstraliyaga 0:6 hisobida maglub boladi. Bundan tashqari uchinchi orin uchun kechgan oyinda Janubiy Koreyaga imkoniyat boy beriladi (2:3). Biroq Abramovning bu natijasi Ozbekiston terma jamoasiuchun Osiyo Kubogi tarixidagi eng yaxshi korsatkich hisoblanadi.

Qatardagi musobaqadan song 2011-yilning martida Abramovga Ozbekiston olimpiya terma jamoasi topshiriladi. Shu tariqa u ikkita terma jamoada faoliyat yuritadi. Biroq uning qol ostidagiolimpiyachilar Lodon2012 Olimpiadasiga bir qadam qolganda yollanmani qoldan boy beradi. Abramov terma jamoa bilan JCh2014 saralash oyinlarida ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichning songgi oyini oldidan Abramov shogirdlari oz oyogiga bolta uradi. Guruh masalasini hal qilgan jamoa 5-turda Tojikistonga qarshi oynaydi. Unda avvalgi oyinlarda sariq kartochka olgan olti nafar oyinchi songgi tur oyinini otkazib yuborgan holda, hal qiluvchi bosqichga toza bolib borish uchun qayta sariq kartochka oladi. FIFA bu masalani beetibor qoldirmaydi va oyinchilarni bitta emas ikkita oyinga chetlatadi. Natijada uchinchi saralash bosqichining ilk oyinida Ozbekiston Eronga qarshi bir qator asosiy tarkib oyinchilarisiz tushadi va songgi daqiqalarda gol otkazib, alamli maglubiyatni qabul qiladi. Shundan keyin Abramov istefoga chiqariladi.

Abramovning 20102012-yillardagi statistikasi: 28 oyin, 11 galaba, 5 durang, 12 maglubiyat.

Mirjalol Qosimov (20122015-yillar) Abramovning orniga tayinlangan mutaxassis bu safar (Qosimov Abramovdan oldin ham terma jamoani boshqargandi) Bunyodkordagi ishi bilan parallel ravishda terma jamoaga ustozlik qiladi. U bilan Ozbekiston 3-saralash bosqichida 3-orinni qolga kiritadi va Iordaniyaga qarshi otish oyinida penaltilar seriyaga kora maglub bolib, JCh2014 bilan rasman xayrlashadi. Qosimovning ozi terma jamoani 2015-yilning yozida tark etadi.

Mirjalol Qosimovning terma jamoadagi umumiy statistikasi: 54 oyin, 22 galaba, 15 durang, 17 maglubiyat.

Samvel Babayan (20152017-yillar) iyun oyida Qosimovdan keyin terma jamoa boshqaruviga kelgan Babayan osha yilning noyabr oyida parallel ravishda olimpiya terma jamoasi boshqaruvini ham oz qoliga oladi. Biroq olimpiyachilar Qatardagi Osiyo Chempionatida guruhda qolib ketadi va Rio Olimpiadasi yollanmasidan quruq qoladi. Terma jamoa esa JCh2018 hal qiluvchi saralash bosqichida guruhda 4-orinni egallaydi va yana mundialga chiqa olmaydi. Shunday keyin Babayan istefoga chiqariladi.

Babayanning terma jamoadagi statistikasi: 24 oyin, 16 galaba, 2 durang, 6 maglubiyat.

Vadim Abramov (2019hozirgacha) Ektor Kuper istefosidan keyin terma jamoani yana bir bor qabul qilib olgan Abramov ayni vaqtda Bunyodkordagi ishini ham davom ettirmoqda. Terma jamoa uning qol ostida hozirga qadar uch galabaga erishdi va bir bor maglub boldi.

Ravshan Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov (2020-yil...)

Shuningdek, hozirda yoshlar va osmirlar terma jamoalariga ustozlik qilayotgan mutaxassislar ham qoshimcha ishga ega. U-19 bosh murabbiyi Temur Kapadze yaqinda Lokomotiv bosh murabbiyi Andrey Miklyayevga assistent boldi, bundan tashqari u milliy jamoada rasman Abramovga yordamchi hisoblanadi. Ozbekiston U-14 terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov ham bir vaqtning ozida ham milliy ham U-19 jamoalarini shugullantirib turgan vaqtlar ham boldi. Ammo Jeparov ushbu jamoalarda rasmiy maqomga ega emas. Har holda OFA rasmiy saytida bu haqida malumot berilmagan.

U-22 ustozi Ravshan Haydarov esa ayni damda Surxon jamoasi bosh murabbiyi ham hisoblanadi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @Daryo_Sport24ga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 18:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 36) ( 3)
:
-
:
20 ... -