» » Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqarmaydi, uning o‘rniga xorijdan murabbiy olib kelinadi

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini boshqarmaydi, uning o‘rniga xorijdan murabbiy olib kelinadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga xorijdan murabbiy izlanmoqda. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ungacha olimpiya terma jamoasini Ravshan Haydarov boshqarib turadi. Avvalroq O‘FA “Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov Olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergandi. Qosimovning nima sababdan terma jamoani boshqaruvga olmagani ochiqlanmagan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 12—20-noyabr kunlari BAAda bo‘lib o‘tadigan Dubai Cup xalqaro musobaqasida ishtirok etadi. Mazkur musobaqa orqali murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod futbolchilarni ko‘zdan kechirib, jamoani shakllantirish ishlarini olib boradi.

Ushbu musobaqada O‘zbekiston Yaponiya, Kuvayt va BAA terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют