» » Rasman: Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi

Rasman: Mirjalol Qosimov O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi


“Bunyodkor” klubi ustozi Mirjalol Qosimov futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko‘rib chiqilgan va yakunda bosh murabbiylikka o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov nomzodi tanlangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan shaxsan suhbatlashib, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va mas’uliyatli vazifa turganligi, O‘zbekistondagi barcha futbol muxlislari terma jamoani Olimpiadada ko‘rishni intiqib kutayotganini, ularning ishonchini oqlash uchun barcha kuch va mahoratni sarflash, tinimsiz mehnat qilish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga futbolchilarni saralab olishda xolis bo‘lish, faqat eng munosiblarini tanlab olish kerakligi borasida ham so‘z borgan.

Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish ishlarini olib boradi. Shuningdek, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab borish, ularni yaxlit bir jamoaga aylantirish, raqobatbardosh, kuchli jamoa yaratish ishlari bilan shug‘ullanadi.

Qayd etish joiz, xabarda Qosimovning “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirishi yoki joyini bo‘shatib berishi haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют