» » Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga: Murabbiylar ishiga hech kim aralashmaydi

Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga: Murabbiylar ishiga hech kim aralashmaydi


Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoaning yangi murabbiyini qabul qildi.

“Xalqimiz juda ham futbolsevar. Sizning milliy terma jamoani boshqarib borishingiz e’lon qilinganidan keyin yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib oldi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio—2020 hamda JCh—2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi buning uchun sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga kimdir aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Barchamiz bir tan-u bir jon bo‘lib oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishamiz degan umiddaman”, — dedi Umid Ahmadjonov.

Ektor Kuper ham bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratini ayamasligini bildirib, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Ektor Kuper: JCh—2022 ga chiqish uchun qattiq mehnat qilishimiz kerak bo‘ladi (video)

Uchrashuv so‘ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning nomi tushirilgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Ma’lumot uchun bugunning o‘zida Kuper Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi va u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.?

Mavzuga doir: O‘zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper Toshkentda! (fotogalereya)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют