» » Rasman: Ektor Kuper — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!

Rasman: Ektor Kuper — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi!


Argentinalik futbol mutaxassisi Ektor Kuper rasman O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat bosh jamoasini ishonib topshirish mumkin bo‘lgan mutaxassis bilan va nihoyat muzokaralarni yakunladi. O‘FA rasmiylari shartnoma imzolash mumkin bo‘lgan 10 dan ziyod nomzodlar orasidan argentinalik Ektor Kuper variantida to‘xtaldi.

Mamlakat milliy terma jamoasining taklifini qabul qilgan Kuper kecha, 1-avgust kuni xabar qilinganidek, 6-avgust sanasida Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi. Shundan so‘ng u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.

Ma’lumot uchun Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr terma jamoasi edi. 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCh—2018 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng iste’foga chiqarildi.

Bunga qadar argentinalik murabbiy Argentinaning “Urakan”, “Lanus”, Ispaniyaning “Malyorka”, “Valensiya”, “Real Betis”, “Rasing”, Italiyaning “Inter”, “Parma”, Turkiyaning “O‘rduspor”, Gretsiyaning “Aris”, BAAning “Al-Vasl” klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют