» » OAV: O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi kutilayotgan Ektor Kuper 6-avgust kuni Toshkentga keladi

OAV: O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi kutilayotgan Ektor Kuper 6-avgust kuni Toshkentga keladi


Avvalroq futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib borishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ammo haligacha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvga erishgani haqida rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.

“Championat.asia” nashri kecha, 31-iyul sanasida O‘FA xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i Diyor Isomiddinov Ektor Kuper va uning vakillari bilan uchrashish uchun Ispaniyada bo‘lib turgani haqida xabar tarqatgan edi.

Bugun esa nashr Kuperning 6-avgust, dushanba kuni O‘zbekistonga kelishi haqida ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr terma jamoasi edi. 62 yoshli mutaxassis misrliklar bilan JCh—2018 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng iste’foga chiqarildi.

Bunga qadar argentinalik murabbiy Argentinaning “Urakan”, “Lanus”, Ispaniyaning “Malyorka”, “Valensiya”, “Real Betis”, “Rasing”, Italiyaning “Inter”, “Parma”, Turkiyaning “O‘rduspor”, Gretsiyaning “Aris”, BAAning “Al-Vasl” klublarida, Gruziya (2008-2009) terma jamoasida ham faoliyat olib borgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют