» » Umid Ahmadjonov: Yangi bosh murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman

Umid Ahmadjonov: Yangi bosh murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman


Argentinalik futbol mutaxassisi Ektor Kuper rasman O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida biroz avval xabar berilgan edi.

Kuper 6-avgust sanasida Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida soat 15:00 da futbol muxlislariga tanishtiriladi. Shundan so‘ng u bilan matbuot anjumani tashkil etiladi. Anjumanda barcha turdagi OAV ishtirok etishi mumkin.?

Milliy terma jamoa yangi murabbiyga ega bo‘lgach, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ?birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov muxlislarga murojaat yo‘lladi.

“Kuper bilan yaxshi niyatlar hamda jiddiy maqsadlar yo‘lida kelishuvga erishdik. Umid qilamizki, millionlab vatandoshlarimizning uzoq yillik orzularini ro‘yobga chiqarishda bu inson bizga yordam beradi. Biz Yevropa futboli nafasini O‘zbekistonga olib kira oladigan, o‘z futbolchilariga qahramonlik hislarini singdira oladigan, jamoalari har qanday raqibga tik qaray oladigan, eng muhimi, Jahon Chempionati sari yo‘lni bosib o‘tgan tajribali murabbiyni istagandik. Bizningcha, Kuper bu talablarga mos keladi. Mana shunday mutaxassisning olib kelinishi uchun sharoit yaratib berayotgan O‘zbekiston hukumatiga hamda yangi bosh murabbiyni sabr bilan kuta olgan xalqimizga minnatdorchilik bildiraman”, — dedi Umid Ahmadjonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют