» » Qirgizistonlik oqin prezident Soranbay Jeenbekovga korrupsiya haqida qoshiq kuylab berdi (video)

Qirgizistonlik oqin prezident Soranbay Jeenbekovga korrupsiya haqida qoshiq kuylab berdi (video)


Qirgizistonda xizmat korsatgan artist, improvizator-oqin Aali Tutkuchev 31-avgust kuni Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram konsertida mamlakat prezidenti Soranboy Jeenbekov va boshqa yuqori martabali amaldorlar qarshisida chiqish qildi. Kloop nashrining yozishicha, oqin qomuz (torli musiqa cholgusi) jorligida qirgiz xalqining mustaqillik uchun kurashi va koronavirusga qarshi birdamligi togrisida qoshiq kuylagan.

Bundan tashqari, u koronavirus oqibatida vafot etgan taniqli sanat namoyondalari, siyosatchilar va din vakillarini sanab otgan.

Shu bilan birga, Aali Tutkuchev oz chiqishining asosiy qismini mamlakatdagi muammolarga bojxona xizmatidagi, sud tizimi va saylovlardagi korrupsiyaga bagishlagan.

U xalqdan yashirincha ogirlayotganlarni, tanish-bilishi yoqlarni haqorat qilishlari, bojxonadagi postlarning kopligi, savodsizlarning sochdan ham kopligi togrisida kuylagan.

Oqin oz chiqishida muammoni bartaraf etish uchun davlat tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirishni taklif etgan.

2019-yilda Qirgiziston har yili TransparencyInternational xalqaro tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan Korrupsiya indeksida 180 ta orindan 126-pogonani band etgan. Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Qozogiston yuqoriroq orinni egallagan 113-orin. Ozbekiston va Tojikistonga 153-orin, Turkmanistonga esa 165-orin nasib etgan.

Eslatib otamiz, 2017-yildaOzbekiston Prezidenti qizgizistonlik oqin Idris Ayitbayevga kvartira hamdamashina sovga qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-09-2020, 18:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -