» » O‘zbekistonda 1-oktabrdan telefon raqamini saqlab qolib, operatorni o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi — AKT vazirligi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan telefon raqamini saqlab qolib, operatorni o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydi — AKT vazirligi


O‘zbekistonda uyali aloqa kompaniyasini almashtirganda telefon raqamini saqlab qolish xizmati 2020-yil 1-oktabrdan ishga tushishi rad etildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunakatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov 3-sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 1-oktabrdan mobil telefon raqamini o‘zgarishlarsiz, aynan shu ko‘rinishda kodi bilan boshqa mobil operatori abonenti sifatida rasmiylashtirish mumkinligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Vazirlik vakilining izohiga ko‘ra, bunday xabarlarning tarqalishiga anglashilmovchilik sabab bo‘lgan.

“Haqiqatan ham 1-oktabrdan boshlab abonentlar boshqa uyali aloqa kompaniyasini tanlaganda telefon raqamini saqlab qolishi mumkin bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi. 1-oktabrdan mobil telefon raqamini saqlagan holda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanilmaydi. Biroq shuni aytib o‘tishim mumkinki, bunday imkoniyat yaqin kelajakda paydo bo‘lishi kutilmoqda”, — dedi u.

Ahmatovning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-so‘zlarning tarqalishiga “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, ushbu hujjatdagi mobil aloqa operatori o‘zgarganda abonent raqamlari o‘zgarmay qolishi haqidagi ta’kid sabab bo‘lgan”.

“Mazkur normativ hujjat 2020-yil 31-iyul kuni qabul qilingan bo‘lsa-da, 1-oktabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ya’ni hujjat kuchga kirdi deganda unda keltirilgan xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kirishi ko‘rsatilmagan”, — dedi Sherzod Ahmatov.

Ma’lumot uchun, bir kompaniyadan boshqa kompaniyaga o‘z mobil raqami bilan o‘tib, yangi abonent sifatida o‘sha kompaniya xizmatlaridan foydalanish dunyo tajribasida bor; O‘zbekistonda ham mobil aloqa foydalanuvchilariga shunday imkoniyatni taqdim etish harakatlari boshlangan, biroq shu vaqtgacha bu boradagi ishlarni boshlash uchun huquqiy asos yo‘q edi.

Reja bo‘yicha, 1-oktabrdan aloqa operatorlari bilan birga raqamni saqlagan holda mobil operatorni o‘zgartirish tartibi va shartlari ishlab chiqiladi. Bu jarayonda aholiga aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan operatorlarning qonuniy huquq-manfaatlariga ustuvorlik beriladi. 2020—2021-yillarda esa mobil aloqa operatorlari tomonidan zarur infratuzilma tayyorlanadi, kerakli jihoz va qurilmalar sotib olinadi.

Axborot texnologiyalari va kommunakatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ichki hujjatlari bilan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, 2021-yil oxirigacha mazkur tizimni amaliyotga to‘liq joriy etishni rejalashtirgan.

Raqamni ko‘chirib o‘tkazish xizmatini joriy qilish O‘zbekistonda 2018—2021-yillarda elektron tijoratni rivojlantirish dasturida belgilab qo‘yilgan. Shu yili dekabr oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi abonent raqamini mobil aloqa tizimida ko‘chirishni (“mobil qullik”ni bekor qilish) ko‘zda tutgan hujjat loyihasini muhokamaga qo‘ygan.

Unitel MChJ (Beeline) sobiq direktori Dmitriy Shukov “mobil qullikni” bekor qilish biroz kechikib amalga oshirilayotgan tashabbus ekani, chunki mobil telefon raqamlarini ko‘chirish texnologiyasi dunyoda 15 yil avval joriy qilinganini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют