» » Qatar terma jamoasi 2021-yilda Kopa Amerika va KONKAKAF Oltin Kubogida qatnashadi

Qatar terma jamoasi 2021-yilda Kopa Amerika va KONKAKAF Oltin Kubogida qatnashadi


JCh—2022 mezboni Qatar terma jamoasi o‘z uyida o‘tadigan musobaqa oldidan 2021-yilda KONKAKAF Oltin Kubogida ishtirok etadi.

KONKAKAF rahbariyati va Qatar futbol assotsiatsiyasi bu borada tegishli shartnomani imzolagan.

Ma’lumot uchun, Qatar terma jamoasi Amerika Kubogi—2020 musobaqasida qatnashishi belgilangandi. Biroq mazkur musobaqa koronavirus pandemiyasi sabab 2021-yilga qoldirildi. Shu tariqa Qatar 2021-yilning yozida ketma-ket ikki mintaqa bosh musobaqasida qatnashadi. Kopa Amerika 12-iyundan 12-iyulga qadar bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi. Shimoliy Amerika Kubogi esa 10-iyuldan 1-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Qatar mezbonlik qiladigan 2022-yilgi Jahon Chempionati 21-noyabrdan 18-dekabrga qadar o‘tkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 20:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют