» » Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda

Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda


O‘zbekistonda xorijdan kirib kelgan fuqarolar tomonidan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar haqidagi xabarlarga Davlat bojxona qo‘mitasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda fuqarolar tomonidan xorijdan olib kirilgan shaxsiy mobil qurilmalarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ularning nomiga boshqa mobil qurilmalar ularning ruxsatisiz rasmiylashtirilganligi haqida aytilmoqda. Bunda pasport ma’lumotlari uchinchi shaxslarga turli xizmat xodimlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur xabarlarda keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tekshiruv tayinlagan. Qo‘mita bu kabi holatlarga duch kelgan fuqarolardan qisqa raqamli ishonch telefoni 1108 ga murojaat qilishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruv natijalari yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha axborot beriladi.

Avvalroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi O‘zbekistonda boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma'lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют