» » Ochiq osmon ostida o‘tayotgan O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari aks etgan surat The New York Times muqovasidan o‘rin oldi

Ochiq osmon ostida o‘tayotgan O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlari aks etgan surat The New York Times muqovasidan o‘rin oldi


O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 2-sentabrdan stadionlarda va xiyobonlarda boshlandi. Talabalikka nomzod bo‘lgan abituriyentlar ochiq osmon ostida kirish imtihonlari testlarini yechmoqda. Pandemiya sababli har yilgidan o‘zgacha o‘tayotgan imtihonlarga AQShning The New York Times gazetasi ham e’tibor qaratdi.

Imtihonlarning birinchi kunida Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan test sinovlari aks etgan surat The New York Times gazetasining 3-sentabr kuni chiqqan soni muqovasida chop etildi.

Imtihonlar haqidagi surat va gazetada e’lon qilingan maqola o‘zbekistonlik jurnalist Muhammadsharif Mamatqulov tomonidan taqdim etilgan.

Maqolada 2020-yilda O‘zbekiston OTMlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni va qabul kvotalari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, mamlakatda karantin cheklovlarining yumshatilishi haqida ham so‘z borgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют