» » Foto: Avgust, yomg‘ir va test sinovlari

Foto: Avgust, yomg‘ir va test sinovlari


O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentabrdan boshlanishi, Toshkent shahrining kirish imtihonlari o‘tkaziladigan 4 ta hududida tayyorgarlik jarayonlari olib borilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda 26-avgust, chorshanba kuni Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kuzatilayotgani sabab imtihonlar uchun tayyorlab qo‘yilgan parta-stullar sellofan bilan qoplab chiqilayotgani tasvirlangan suratlar tarqalmoqda.

Suratga ko‘ra, sellofan bilan o‘ralgan abituriyentlar uchun tayyorlangan partalar Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-avgust kuni 2020-yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgan edi. Unda yopiq binolar epidemiologik talabga javob bermasligi, ijtimoiy masofaga rioya qilingan taqdirda imtihonlar vaqti anchaga cho‘zilib ketishini inobatga olib, test sinovlarini Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi stadionlarda tashkil etish yuzasidan topshiriq berilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ma’lumot uchun, OTMlarga kirish imtihon uchun Olmazor tumani hududida 2 ta nuqta: 76 ta guruhda 2280 nafar abituriyentga mo‘ljallangan Talabalar shaharchasi xiyoboni va 16 ta guruhda 480 nafar abituriyentga mo‘ljallangan “G‘alaba bog‘i” hududidagi yopiq sahna maydoni imtihon o‘tkazish uchun tayyorlangan. Botanika bog‘ida kirish imtihonlarida test topshiruvchi abituriyentlar uchun 720 ta o‘rin tashkil etilgan. “Paxtakor” stadionda esa kirish imtihonlari uchun stol-stullarni joylashtirish jarayoni ketmoqda. Imtihonlar vaqtida hudud 3 ta: A, B, C sektorlariga bo‘lingan. Ularning ichida eng kattasi A sektor bo‘lib, u yerda 1030 nafar, B sektorda 785 nafar, C sektorda esa 630 nafar, jami 2520 nafar abituriyent test topshirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют