» » Toshkent shahridagi abituriyentlarga imtihon kunlari maxsus avtobuslar ajratilmaydi

Toshkent shahridagi abituriyentlarga imtihon kunlari maxsus avtobuslar ajratilmaydi


2-sentabr, chorshanba kuni boshlanadigan 2020/2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida Toshkent shahri hududida imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun maxsus avtobuslar tashkil etilmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi tomonidan poytaxtdagi test sinovlari o‘tkaziladigan joylar va abituriyentlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-tur vaqtida Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Husniddin Mamadiyev tomonidan ma’lum qilindi.

Bu Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tegishli ma’lumot hisoblanadi. Ushbu vazirlikning Bo‘stonliq tumanida o‘tkaziladigan tog‘-chang‘isi kabi maxsus imtihonlari bor. Shu kabi yo‘nalishlarda imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun hokimliklarga transport masalasi o‘rtaga qo‘yilgan. Bu degani, faqat Toshkent shahridan tashqarida bo‘ladigan imtihonlar uchun transport ta’minlab berish masalasi nazarda tutilgan. Hamma Toshkent shahrida imtihon topshiradigan abituriyentlarga transport qilib beriladi, degani emas. Faqatgina jismoniy tarbiya, sportga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari abituriyentlari uchun tashkil etiladi.

Husniddin Mamadiyev, Olmazor tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish, ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Avvalroq Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Diyorbek Qo‘chqorov hududlarda tuman hokimliklari tomonidan abituriyentlar uchun transport tashkil qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilgan. Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihonlarda abituriyentlar 2 ta fandan test yechadi, test savollari osonlashtiriladi, abituriyentlarga antiseptik vositalar, qo‘lqop, niqob, bosh kiyim bepul beriladi, sirtqi ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ham imtihonlar 2-sentabrdan boshlanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют