» » Millatlar Ligasi. Ispaniya so‘nggi soniyalarda Germaniyani g‘alabadan mahrum etdi, Rossiya va Ukrainada g‘alaba, Turkiya mag‘lub bo‘ldi

Millatlar Ligasi. Ispaniya so‘nggi soniyalarda Germaniyani g‘alabadan mahrum etdi, Rossiya va Ukrainada g‘alaba, Turkiya mag‘lub bo‘ldi


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan 3-sentabr, payshanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Germaniya terma jamoasi o‘z maydonida Ispaniyani qabul qildi. Uchrashuvning 51-daqiqasida Timo Verner nemislarning tezkor hujumini gol bilan yakunladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi soniyalarida Xose Gayya gol urib, ispanlarga bir ochko taqdim etdi.

Rossiya terma jamoasi Serbiyaga qarshi bahs olib bordi. Ikkinchi bo‘limda Artyom Dzyubaning dubli va Vyacheslav Karavayev tomonidan urilgan gol ruslarga g‘alaba olib keldi. Guruhning yana bir o‘yinida Turkiya va Vengriya jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda Dominik Soboslaining 80-daqiqadagi goli vengerlarning g‘alabasini ta’minladi.

Ukraina terma jamoasi Shveysariya bilan o‘ynadi. 14-daqiqada Andrey Yarmolenko tovoni bilan zarba bergan holda chiroyli gol muallifiga aylangan bo‘lsa, birinchi bo‘lim so‘nggida Xaris Seferovich muvozanatni tikladi. 68-daqiqada Aleksandr Zinchenko ukrainlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Parallel kechgan bahslarda Uels Kiffer Murning yagona goli evaziga Finlyandiyani taslim etgan bo‘lsa, Bolgariya va Irlandiya jamoalari o‘zaro murosa yo‘lini tanladi.

Millatlar Ligasi

1-tur bahslari

3-sentabr, payshanba

Gollar: 1:0 – 51 Verner, 1:1 – 90+6 Gayya

Germaniya: Trapp, Zyule, Gozens, Kerer, Ryudiger, Gyundogan (Serdar, 74), Jan, Kroos, Draksler, Sane (Ginter, 63), Verner (Kox, 90).

Ispaniya: De Xea, Ramos, Karvaxal, Pau Torres, Navas (Fati, 46), Buskets (Merino, 57), Tiago Alkantara, Ferran Torres, Fabian Ruis (Oskar Rodriges, 80), Gayya, Rodrigo.

Gollar: 1:0 – 14 Yarmolenko, 1:1 – 41 Seferovich, 2:1 – 68 Zinchenko.

Gollar: 1:0 – 48, penalti Dzyuba, 2:0 – 69 Karavayev, 2:1 – 78 Mitrovich, 3:1 – 81 Dzyuba.

Gol: 0:1 – 80 Soboslai.

Gol: 0:1 – 80 Mur.

Gollar: 1:0 – 25 Olsen, 1:1 – 37 Degabriele, 1:2 – 73 Adjius, 2:2 – 87 Olsen, 3:2 – 90 Olsen.

Gollar: 1:0 – 56 Krayev, 1:1 – 90 Daffi.

Gollar: 1:0 – 19 Nikoleesku, 1:1 – 71 Kololi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 02:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют