» » Rekordchilar oilasi: Dunyodagi eng katta quyonning bolasi ushbu unvonni otasidan olib qo‘yishi mumkin

Rekordchilar oilasi: Dunyodagi eng katta quyonning bolasi ushbu unvonni otasidan olib qo‘yishi mumkin


2010-yilda Darius laqabli quyon 22 kilogramm vaznga ega bo‘lib, butun dunyoga u bilan raqobatlasha oladigan boshqa quyon yo‘q edi. U dunyodagi eng yirik quyon sifatida hatto Ginnesning rekordlar kitobidan ham joy olgan, deb xabar beradi Esquire.

Vudkoklar oilasida yashovchi Darius 2019-yilda bolaladi. Aftidan Deyv (Dariusning bolasi) ota quyonni “taxt”dan ag‘daradigan ko‘rinadi: hozirda uning og‘irligi 25 kilogrammni, bo‘yi esa 120 santimetrni tashkil etmoqda.

Bu kabi vazn o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmagan, Deyvning ishtahasi juda yaxshi: u avvaliga ikkita sabzi va yarimta brokkoli yeydi, shundan so‘ng karam va ismaloqqa “hujumga o‘tadi”. Biroz dam olgan Deyv yana shuncha narsa iste’mol qilishi, qo‘shimchasiga olma va o‘t chaynashi mumkin.

Quyon egalari uni yil davomida kuniga uch mahal ovqatlantirish uchun 500 funt sterling sarflaydi, 10 kilogrammli ovqat paketi Deyvga taxminan ikki haftaga yetadi.

Deyv nafaqat o‘z ovqatini yeydi, balki uydagi mebel va pardalarni ham chaynaydi. Vudkoklar yangi divan uchun 1000 funt, Deyvning tushlikdagi pardasi uchun 180 funt sarflashga to‘g‘ri kelgan.

Biroq Deyv oilasidan ayrilib, bog‘da o‘z uyiga ega bo‘lgan — jalyuzi bilan jihozlangan uy 300 funt sterlingga tushgan.

Mavzuga doir: Xitoyda o‘ta noyob “sehrli quyon”ni birinchi marta videoga olishdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют