» » Tikuvchilik qilib onasining operatsiyasi uchun pul yig‘ayotgan 5 opa-singilga saxovatli yurtdoshlarimizning yordami zarur

Tikuvchilik qilib onasining operatsiyasi uchun pul yig‘ayotgan 5 opa-singilga saxovatli yurtdoshlarimizning yordami zarur


“Daryo” tahririyatiga Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi Umida Mamadaliyeva og‘ir xastalikka chalingan onasi uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qildi.

Murojaatchining aytishicha, onasi O‘g‘ilxon Mamadaliyeva 1969-yilda tug‘ilgan. Ikkinchi guruh nogironi.

2018-yil Namangan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘t pufagidan tosh oldirgan. Biroq operatsiyada shifokorlar tomonidan jigardagi tomirlarga zarar yetkazib qo‘yilgan. Shundan so‘ng Vohidov nomidagi Respublika xirurgiya bo‘limida kesilgan tomirni ulash uchun yana besh marotaba operatsiya bo‘lgan. Biroq barcha amaliyotlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Xorijda operatsiya qildirish niyatida hindistonlik mutaxassislar bilan gaplashilganda jigarning yetmish foizi kesilib ketganligini faqat jigar o‘tkazish yo‘li bilangina onasini davolash mumkinligini aytishgan. Bu operatsiyaga esa 27 ming dollar kerakligini ma’lum qilishgan.

“Oilada beshta qizmiz. Hammamiz Toshkentda chevarchilik qilib, pul topardik. Ammo karantin tufayli uyga qaytganmiz. Hozir davlatdan kreditga tikuv mashinalarini olib, tikuvchilik qilyapmiz. Onamning kunlik va haftalik muolajalariga pul yetkazib turibmiz. Lekin qancha urinmaylik, harakat qilmaylik, onajonimning operatsiyasi uchun  pul orttira olmayapmiz. Ayni paytda yaxshi insonlarning saxovatiga juda muhtojmiz”, — deydi biz bilan suhbatda Umida Mamadaliyeva

Biz barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan O‘g‘ilxon Mamadaliyevaning oyoqqa turib, sog‘ayib ketishi uchun yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

O‘g‘ilxon Mamadaliyevaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali:

Bemorning qizi Mamadaliyeva Husnida nomida

“Agrobank”: 8600 0423 5488 3356

Qarindoshi Zufar Mallayev nomida

“Sberbank”: 4817760222501789

Umida Mamadaliyevaning telefon raqami:

+998930590073



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют