» » Ansu Fati Ispaniya terma jamoasining so‘nggi 84 yildagi eng yosh o‘yinchisiga aylandi

Ansu Fati Ispaniya terma jamoasining so‘nggi 84 yildagi eng yosh o‘yinchisiga aylandi


“Barselona” hujumchisi Ansu Fati Ispaniya terma jamoasining so‘nggi 84 yil ichidagi eng yosh futbolchisiga aylandi, deya xabar qilmoqda Gracenote Live.

UEFA Millatlar Ligasi 1-turi doirasida Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinda Ispaniya terma jamoasidagi debyutini nishonlagan futbolchi 17 yosh-u 308 kunlik hisoblanadi. U terma jamoaning 84 yil ichidagi eng yosh debyutantiga aylandi.

Ispaniya terma jamoasi tarixida faqatgina ikki nafar futbolchi undan yosh hisoblanadi — Pedro Regeyro (17 yosh-u 161 kunli, 1927-yil) va Anxel Zubiyeta (17 yosh-u 282 kunlik, 1936-yil).

Ortda qolgan mavsumda Fati “Barselona” safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 8 gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют