» » Jizzaxda yuk mashinalarining to‘qnashuvi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘ldi

Jizzaxda yuk mashinalarining to‘qnashuvi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘ldi


3-sentabr kuni Jizzax shahar hududidan o‘tuvchi 4R38 Uchtepa—Jizzax—Baxmalsoy avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yo‘lovchilardan biri vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli E.H. ismli haydovchi Foton rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1954-yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, Foton rusumli yuk avtomobili yo‘lovchisi, 33 yoshli J.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Ushbu yuk avtomobili yo‘lovchisi, 30 yoshli K.I. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda avtobusning yuk mashinasiga urilishi natijasida 2 kishi halok bo‘lgani, Sirdaryoda Coca-Cola olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют