» » Jizzaxda me’yoriy hujjatlari bo‘lmagan 52 yoshli mototsikl haydovchisi Spark’ka to‘qnashib halok bo‘ldi

Jizzaxda me’yoriy hujjatlari bo‘lmagan 52 yoshli mototsikl haydovchisi Spark’ka to‘qnashib halok bo‘ldi


Jizzaxda mototsiklning Spark bilan to‘qnashishi oqibatida 52 yoshli haydovchi halok bo‘ldi.

YHXBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea 2-sentabr kuni soat 05:10 larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi, Oqtosh—Obolum—Gulchambar avtomobil yo‘lining 48-kilometrida yuz bergan.

Me’yoriy hujjatlari bo‘lmagan haydovchi, 1962-yilda tug‘ilgan B.M. davlat raqam belgisi bo‘lmagan “IJ” rusumli mototsiklni Gulchambar—Juma yo‘nalishida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1981-yilda tug‘ilgan G‘.M. boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashgan.

Natijada, “IJ” rusumli mototsikl yo‘lovchisi 52 yoshli J.M. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan G‘allaorol tumani IIB TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют