» » Surxondaryodagi YTHda 6 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning eng kichiki 2 oylik chaqaloq

Surxondaryodagi YTHda 6 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning eng kichiki 2 oylik chaqaloq


17-avgust kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “G‘ur-G‘ur” mahallasi hududida sodir bo‘lgan mudhish yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

M-41 Termiz—Jarqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 1591-kilometrida 1990-yilda tug‘ilgan U.A. ismli Cobalt haydovchisi avtomobilida quvib o‘tish qoidalarini buzib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarshisidan kelayotgan S.N. (1993-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH natijasida Spark haydovchisi, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 30 yoshli M.T. hamda Cobalt yo‘lovchilari 31 yoshli S.Sh. va 2 oylik M.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, Spark yo‘lovchisi 26 yoshli G.X. va Cobalt yo‘lovchisi 5 yashar M.A. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Spark rusumli avtomobil yo‘lovchilari 30 yoshli N.X., 23 yoshli A.E., Cobalt haydovchisi U.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchilari 1 yoshli A.U., 23 yoshli M.R. hamda R.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan yetti oyida YTH oqibatida vafot etganlar soni qotillik qurbonlaridan besh barobarga ko‘pligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-08-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют