» » Mirobodda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi

Mirobodda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, bir kishi jarohatlandi


Toshkent shahri Mirobod tumanida 4 ta – Cobalt, Isuzu, Lacetti va Spark ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 13-avgust kuni taxminan soat 15:00 da Mirobod tumani Sariko‘l va Banokatiy ko‘chalari kesishmasida (Korzinka.uz supermarketi yonida) to‘rtta transport vositalari: 31 yoshli Ikromiddin M. boshqaruvidagi Cobalt, 32 yoshli Faxriddin Sh. boshqaruvidagi Isuzu, 44 yoshli Bekturdi M. boshqaruvidagi Lacetti va 34 yoshli Yevgeniy Sh. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

Taxminga ko‘ra, Cobalt va Isuzu haydovchilari tezlikni oshirgan holda va svetoforning signallari o‘chib-yonayotganida perpendikulyar joylashgan harakat yo‘llaridan chorrahaga bir vaqtda chiqqanliklari YTHga sabab bo‘lgan. Mazkur ikki avtomobil bir-biri bilan to‘qnashgach, yuk avtomobili inersiya tufayli harakatni davom ettirib, chetda qoldirilgan Lacetti’ga to‘qnashgan. Cobalt ham xuddi shu tarzda Spark’ga urilib, so‘ng beton to‘siq bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Cobalt avtomobili haydovchisi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Hozirda tergovoldi tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют