» » Ozbek milliy musiqa sanati institutiga otkaziladigan talim yonalishlari royxati tasdiqlandi

Ozbek milliy musiqa sanati institutiga otkaziladigan talim yonalishlari royxati tasdiqlandi


Yunus Rajabiy nomidagi Ozbek milliy musiqa sanati instituti faoliyatini tashkil etish togrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Yunus Rajabiy nomidagi Ozbek milliy musiqa sanati institutiga (institut) Ozbekiston davlat konservatoriyasi hamda Ozbekiston davlat sanat va madaniyat institutidan otkaziladigan talim yonalishlari (mutaxassisliklar) royxati tasdiqlandi.

Institut maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yonalishlari boyicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy talim muassasasi hisoblanadi.

Institutda oquv jarayoni 2020/2021-oquv yilidan boshlanadi.

Shunga kora, 2020/2021-oquv yilida Ozbekiston davlat konservatoriyasi hamda Ozbekiston davlat sanat va madaniyat institutiga tegishli yonalishlar boyicha oqishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yonalishlarda tahsil olayotgan talabalar oqishlarini Institutda davom ettiradi.

2021/2022-oquv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi talim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va sanat talim yonalishi boyicha orta maxsus, kasb-hunar malumotiga va talim yonalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida 3 yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yonalishlari uchun pedagogik stajga) ega bolgan, Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlari (kirish imtihonlari va kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli otgan abituriyentlar qabul qilinadi.

2021-yildan boshlab respublikadagi bolalar musiqa va sanat maktablari, ixtisoslashtirilgan sanat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va sanat kollejlariga Institutning yetakchi professor-oqituvchilarni biriktirish orqali mahorat maktablari yolga qoyiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-09-2020, 14:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
:
-
:
20 ... -