» » “Manchester Siti” egalari Fransiya klubini sotib oldi

“Manchester Siti” egalari Fransiya klubini sotib oldi


“Manchester Siti” klubiga egalik qiluvchi City Football Group Fransiyaning “Trua” klubini sotib oldi. Bu haqda fransuz klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

“Trua” Fransiyaning ikkinchi ligasida harakat qiladi. Jamoa 2019/20-yilgi mavsumida 4-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa “Trua” City Football Group’ga tegishli o‘ninchi klubga aylandi. Ushbu kompaniya “Melburn Siti” (Avstraliya), “Nyu-York Siti” (AQSh), “Torke” (Urugvay), “Mumbai Siti” (Hindiston), “Lommel” (Belgiya), “Jirona” (Ispaniya), “Sichuan Szyunyu” (Xitoy) va “Yokogama Marinos” (Yaponiya) kabi klublarga ham egalik qiladi.

Avvalroq CFG Rossiyaning “Ufa” klubini sotib olish borasida muzokaralar olib borayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют