» » Manba: Lionel Messi “Manchester Siti” egalari bilan 700 mln yevrolik shartnoma borasida kelishib oldi

Manba: Lionel Messi “Manchester Siti” egalari bilan 700 mln yevrolik shartnoma borasida kelishib oldi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Manchester Siti”ga egalik qiladigan City Football Group bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda Daily Record’ga asoslanib Sport24 xabar qilmoqda.

Manbada aytilishicha, tomonlar 700 million yevrolik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. 33 yoshli futbolchi uch mavsumni “Manchester Siti” safida o‘tkazadi, shundan keyin Leo “Nyu-York Siti” safiga yo‘l oladi va u yerda ikki yil o‘ynaydi.

Ta’kidlanishicha, Messiga kompaniyadan ulush taklif qilingan, biroq futbolchi City Football Group aksiyalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat sabab pul bilan hisob-kitob qilishlarini istashi mumkin.

Avvalroq “Manchester Siti” Messining transferiga pul sarflashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, ushbu transferdan voz kechishi haqida xabar qilingandi. Keyinchalik “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola argentinalik futbolchi “Barselona”da qolishni maslahat bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют