» » “Manchester Siti” Lionel Messiga 500 mln yevrolik shartnoma taklif qildi

“Manchester Siti” Lionel Messiga 500 mln yevrolik shartnoma taklif qildi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Manchester Siti”ga o‘tadigan bo‘lsa, uning maoshi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi.

beIN Sports jurnalisti Tankredi Palmerining xabariga ko‘ra, “shaharliklar” argentinalik futbolchi bilan tuzilajak besh yillik shartnoma uchun 500 million yevro sarflaydi.

Hujumchining yillik maoshi 50 million yevroni tashkil etadi.

Jurnalistning qayd etishicha, Messi “Manchester Siti”dagi uch yillik faoliyati va undan keyin “Nyu-York Siti”ga yo‘l olgani uchun 250 million yevrolik bonusga ega bo‘ladi. Futbolchi AQShda yana ikki yil o‘ynab berishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Messi faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishni istayotgani va tomonlar deyarli kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq katalon klubi o‘z yetakchisini osonlikcha qo‘yib yuborish niyatida emas.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют