» » Manba: “Barselona” Lionel Messini “Manchester Siti”ga sotishga rozi bo‘ldi

Manba: “Barselona” Lionel Messini “Manchester Siti”ga sotishga rozi bo‘ldi


“Barselona” hujumchi Lionel Messini “Manchester Siti”ga sotishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, klub o‘z hujumchisini ingliz klubiga sotishga rozi bo‘lgan. Buning uchun kataloniyaliklar 280 million yevro olishni xohlamoqda. Shuningdek, katalon klubi kelishuvga “Manchester Siti” futbolchilari qo‘shilgan holda 134 million yevro olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messi hafta boshida “Barselona”ni tark etmoqchiligi va unga“Manchester Siti” asosiy da’vogar bo‘lib turgani haqida xabar berilgandi.

Avvalroq “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Messi bilan uchrashish uchun Barselonaga kelganligi haqida ham ma’lumot berilgandi. Ta’kidlanishicha, mutaxassis Messi bilan uchrashib, futbolchining kelajagini muhokama qilgan.

Gollar to‘plami:

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2020, 15:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют