» » O‘zbekistonlik bokschi Ravshan Umrzoqovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum. Raqib jiddiy, u umuman yutqazmagan

O‘zbekistonlik bokschi Ravshan Umrzoqovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum. Raqib jiddiy, u umuman yutqazmagan


Professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Ravshan Umrzoqov (10-1, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini 12-sentabr kuni o‘tkazadi.

Ravshan Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomida ishtirok etadi. O‘zbekistonlik bokschiga esa ukrainalik yengilmas sportchi Zoravor Petrosyan (8-0, 3 KO) raqiblik qiladi. Petrosyan shu kunga qadar prof ringda sakkizta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uch bor raqiblarini nokautga uchratgan.

Umrzoqovning professional ringdagi janglari soni 11 tani tashkil etmoqda. U 10 ta jangda raqiblarini mag‘lub etgan. Yagona mag‘lubiyatini esa 2020-yil 24-yanvarida Esneyker Korreadan (14-2-1, 2 KO) qabul qilib olgan.

Ravshan Umrzoqov ishtirokidagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2020, 15:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 1) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют