» » Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi


Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov 16-dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonlik qiladigan boks oqshomida G‘oibnazarovga argentinalik Mauro Maksimilano Godoy raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Godoy mazkur jangda ishtirok etmasligi, uning o‘rniga esa meksikalik Xavyer Merkado raqib bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Biroq jangga bir kun qolgan raqib yana o‘zgargan. Fazliddinga ushbu jang oqshomida ukrainalik Vladislav Baranov raqiblik qildi. O‘zbekistonlik bokschi raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratib, g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Fazliddin shu kunga qadar prof ringda sakkizta jang o‘tkazib, ularning yettitasida g‘olib bo‘lgan. Bitta jangda (Maykl Foksga) esa mag‘lub bo‘lgan.

Baranov esa hozirgacha 13 ta jang o‘tkazib, ularning 6 tasida g‘alaba qozongan. 5 ta jangda esa mag‘lub bo‘lib, 2 ta bahsda durang qayd etgan.

Jang videosini @UFCBOXUZ Telegram-kanalida tomosha qilishingiz mumkin!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют